Mirziyoyev Yevropaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan bugun, 23 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Belgiyaliklar Qiroli Filipp hamda Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlarining vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ursula fon der Lyayen Antoniu Koshta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing