Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili bilan referendumni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonssonni qabul qildi va u bilan  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.  

Uchrashuv davomida referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.

Manbaga ko‘ra, missiya rahbari Albert Yonsson O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Mirziyoyev esa YeXHT bilan sermahsul aloqalar, ochiq va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilganini qayd etgan.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilda O‘zbekistonga YeXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau, tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid, Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissar Qayrat Abdurahmonov ham kelgan. YeXHT DIIHB ekspertlari mamlakatdagi milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan. DIIHBning 2016, 2019 va 2021 yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovlaridagi keng ko‘lamli missiyalari yakunida berilgan tavsiyalar hisobga olingan va joriy qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident O'zbekiston EXHT Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing