Mirziyoyev YeOII bo‘ylab muntazam aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi
Jamiyat
−
21 may 2021
2984O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘rtasida muntazam Fuqarolik aviatsiyasi va temir yo‘l aloqasini tiklashni taklif qildi. Bu haqda TASS yozmoqda.
“Epidemiologik vaziyatning barqarorlashgani hamda mamlakatlarimizda aholi emlanayotganini hisobga olgan holda muntazam Fuqarolik aviatsiyasi va temir yo‘l aloqasini tiklashning vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, deydi Prezident Mirziyoyev bugun, 21 may kuni Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining onlayn tarzda o‘tgan oliy kengashi yig‘ilishida.
Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, savdo to‘siqlarini yo‘q qilish uchun O‘zbekiston YeOII bilan faol hamkorlik qilishga tayyor.
“Biz Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK) va ittifoqqa a’zo davlatlar bilan to‘siqlarni bartaraf etish va savdoni tartibga solishning tarifsiz choralarini yanada yaqinlashtirish bo‘yicha faol hamkorlik qilishga tayyormiz”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yil 11 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi onlayn sammitida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan so‘ng, joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
LiveBarchasi