Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga boradi
Jamiyat
−
11 iyun 2019
3839O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi.
“Yaponiya juda rivojlangan davlat. O‘zbekiston mustaqilikka erishganidan beri aloqalar barqaror rivojlanib kelayapti. Bizning iqtisodiy islohotlarimizni Yaponiya hukumati qo‘llab-quvvatlamoqda.
Biz hozir Yaponiya bilan (prezident tashrifni - tahr.) muhokama qilayapmiz. Yaponiya tomon ham O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifiga juda katta qiziqish bilan qarayapti. Kuzda Yaponiyaga tashrif bo‘ladi”, deb javob berdi Ilhom Ne’matov, prezidentning Yaponiyaga tashrifi haqida Sputnik muxbiri bergan savolga.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Yaponiya orasida bugungi kunda ko‘plab sohalarda aloqa o‘rnatilgan. Bu madaniyat, ta’lim va iqtisodiy aloqalar. Yaponiyaning yuqori texnologiyali kompaniyalari O‘zbekistonda issiqlik elektr stansiyalari uchun uskunalar yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev 13-14 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga, 14-15 iyun kunlari Dushanbe shahrida o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) davlatlari yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.
LiveBarchasi