Mirziyoyev va To‘qayev tarixiy hujjatlar imzolashi kutilmoqda – Prezident Administratsiyasi

Olam

image

Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

“Marosim O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlashga qat’iy intilishning ifodasi bo‘ldi”, deb yozmoqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Qozog‘iston yetakchisining O‘zbekistonga davlat tashrifi asosiy tadbirlari ertaga, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berish va OAV vakillari uchun brifing o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

440

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing