Mirziyoyev va To‘qayev Chimkentda uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risida hisobotlarini tinglagan.

Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar bergan.

Shuningdek, Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etilgan.

Mirziyoyev va To‘qayev mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqan

Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral – 1 mart kunlari AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken faoliyati davomida birinchi marta Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, Prezidentlar Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing