Mirziyoyev va Putinning voizlari Moskvada uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov kecha, 28 may kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozdi.

Uning ma’lum qilishicha, Asadov Peskov bilan axborot sohasidagi hamkorlik va soha uchun mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari va istiqbollarini muhokama qilgan.

“Davlatlarimiz rahbarlarining matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, professional tajriba va strategik kommunikatsiyalarga doir yondashuvlar almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tez o‘zgaruvchan media muhit va raqamli platformalar ahamiyati ortib borayotgan sharoitda xodimlarning malakasini oshirish muhimligi ta’kidlandi”, deb yozadi Asadov.

Shuningdek, kelgusidagi ayrim rejalar, shu jumladan axborot siyosati va ikki tomonlama kun tartibini media jihatidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ochiq muloqot, professional hamkorlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga intilish mushtarak ekani tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Anton Vayno bilan uchrashgandi. Suhbat davomida yuqori sur’atda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Dmitriy Peskov Sherzod Asadov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing