Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi
3-sahifa
−
24 iyun
6002Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya va dalda so‘zlarini bildirdi.
“O‘zbekiston Prezidenti bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, 26-28 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Kelgusidagi, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni kechqurun Dog‘istonda ikkita terakt sodir bo‘lgandi. Jangarilar Maxachqal’a va Darband shaharlariga hujum qilgan va oqibatda 15 dan ortiq politsiyachi, bir necha tinch aholi hujum qurboniga aylandi. https://qalampir.uz/news/1-3-103070 Mirziyoyev terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi.