Mirziyoyev va Putin muhokama qiladigan mavzulardan biri ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ertaga, 19 noyabr kuni Moskvadagi uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini savdo-investitsion va gumanitar hamkorlikka e’tibor qaratish, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Kreml Matbuot xizmati “imzolash uchun muhim ikki tomonlama hujjatlar to‘plami tayyorlangani”ni qo‘shimcha qilib, 16-18 noyabr kunlari Mintaqalararo hamkorlik forumi, Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi va Rossiya-O‘zbekiston media-forumi bo‘lib o‘tganini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifida jiddiy masalalar hal bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing