Mirziyoyev va Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi
Jamiyat
−
27 may
10833O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Keng majmua bir nechta hududga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida mavzuga bag‘ishlangan – urush dahshatlari va askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati va fidoyiligi, qayg‘u va dard, shodlik va shukronalik.
Bu yerga tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldi va urush dastidan besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.
Majmuaning eng yuqori nuqtasi – sun’iy tepalik cho‘qqisida “Abadiy jasorat” kompozitsiyasi – Sovet Ittifoqi Qahramoni general-mayor Sobir Rahimov va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan barcha o‘zbekistonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilgan.
Tepalik ichida bog‘ning asosiy paviloni – O‘zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan “Shon-sharaf” muzeyi joylashgan.
Yetakchilar muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanishib, shonli o‘tmish haqidagi xotirani asrab-avaylash muhimligini ta’kidladilar. Tarixiy merosni e’zozlash yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash va xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi.
G‘alaba bog‘ining mahobati va salobati Rossiya delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” muzeyiga borgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr