Mirziyoyev va Makron o‘zaro sovg‘alar almashdi (video)
Jamiyat
−
12 mart 7031 1 daqiqa
Bugun, 12 mart kuni Yelisey saroyidagi oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emmanuel Makronga buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.

Makron esa Mirziyoyevga tarixiy suratni sovg‘a qildi. O‘zbekiston yetakchisiga XIX asr oxirida fransuz fotografi tomonidan suratga olingan O‘zbekiston manzarasi aks etgan rasm sovg‘a qilindi.
Yelisey saroyidagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron yuzma-yuz uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlar va qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim almashildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr