Mirziyoyev va Qatar Amiri birgalikda daraxt ekdi (foto)
Jamiyat
−
06 iyun 2023
7068O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekkan.
“Bu O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlash yo‘lidagi qat’iy intilishi ramzidir”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyun kuni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bugun, 6 iyun kuni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi hamda 15 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.