O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:

  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Bojxona ishlarida o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo memorandum;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo memorandum;
  • Savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Toshkent va Doxa shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Shuningdek, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari hamda Ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shma platforma yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing