Mirziyoyev Vetnam Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2023
5083Bugun, 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga amaliy tashrifi doirasida Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston rahbari vetnamlik mavqedoshi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqqan.
Unda ikki davlatning yetakchi kompaniyalari neft-gaz majmuasida, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, poyabzal, mebelsozlik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan maxsus iqtisodiy zonalar va industrial parklar doirasida kooperatsiya qilishlari uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Vetnam yetakchilari madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekin shahridagi Xalq yig‘inlari uyida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Marosim doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi tantanali kutib olingandi.
LiveBarchasi