Mirziyoyev O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi yangi binosini borib ko‘rdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifi davomida bugun, 26 aprel kuni O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini ko‘zdan kechirdi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari barcha sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, energetika, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda faol rivojlanib bormoqda.

Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистоннинг Хитойдаги элчихонасини бориб кўрди

Diplomatik vakolatxonaning uch qavatli yangi binosi farg‘onalik ustalar ishtirokida milliy bunyodkorlik an’analari va zamonaviy me’morchilik yutuqlari asosida bunyod etilgan. Imorat Pekin shahri markazidagi Chaoyang ishbilarmonlik mavzesida, AQSH, Yaponiya, Malayziya, Singapur kabi davlatlar elchixonalari bilan yonma-yon joylashgan. 

Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish, sifatli konsullik xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun barcha sharoit yaratilgan. 

photo5337035712333196130.jpg

Birinchi qavatda muzokaralar, ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan “Samarqand”, “Buxoro”, “Xiva”, “Qo‘qon” zallari joylashgan. Darvozadan kiraverishdagi ayvon xalqimiz an’analari va boy madaniyatini aks ettirgan.

photo5337035712333196131.jpg

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerdagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mazkur dargoh milliy uslubda bezatilganiga mamnuniyat bildirdi hamda u Xitoy tomonining mamlakatimiz bilan hamkorlikka yuksak e’tibori namunasi ekanini ta’kidladi.

photo5339253487415962802.jpg

Ushbu elchixona o‘zbek va xitoy xalqlarini yanada yaqinlashtiradigan, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradigan, madaniyatlar bir-birini o‘zaro boyitadigan markaz bo‘ladi. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

photo5339253487415962800.jpg

photo5337035712333196129.jpg


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy

Baholaganlar

45

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made