Mirziyoyev o‘zbekistonliklarga bayram tabrigini yo‘lladi

Jamiyat

image
Mirziyoyev Moskvaga bordi (video) north_east

Mirziyoyev Moskvaga bordi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 may kuni O‘zbekiston xalqiga 9 may Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Hozirgi murakkab va tahlikali zamonda yoshlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalash, diyorimizdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo ahillik va totuvlikni asrash yo‘lida qahramon ota-bobolarimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan sabot va matonati biz uchun hamisha ibrat maktabi, kuch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu unutilmas ayyomda siz, azizlarni, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman”, degan Prezident.

Davlat rahbari 2025 yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming dollar miqdorida, ushbu toifaga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, mehnat fronti qatnashchilariga 3 million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari va “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari topshirilgani faxriylarga e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘lganini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun, 8 may kuni G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev o'zbekistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing