Mirziyoyev Moskvaga bordi (video)

Olam

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bayramini nishonlash uchun Moskva shahriga yetib bordi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun, 8 may kuni G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Moskva shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing