Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi siyosatidagi asosiy maqsadni ochiqladi

Jamiyat

image

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishdan boshqa yo‘l yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kunpi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Uning bildirishicha, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo yaxshi qo‘shnichilik, barqarorlik, o‘zaro hamkorlik va rivojlanish yo‘lidan bormoqda.

“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli O‘zbekiston barcha qo‘shnilari bilan davlat chegaralari, transport koridorlari va suvdan foydalanish bo‘yicha muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lmoqda”, deydi Mirziyoyev.

U so‘zida davom etarkan, mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro savdo ikki yarim barobardan ziyod, qo‘shma korxonalar soni esa besh marta o‘sganini faxr bilan qayd etgan.

“Mintaqamiz iqtisodiy rivojlanish markaziga, Sharq va G‘arbni, Shimol va Janubni bog‘laydigan transport-kommunikatsiya ko‘prigiga aylanib, unga qiziqish tobora ortib bormoqda”, deydi O‘zbekiston rahbari.

Qo‘shimcha qilinishicha, Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligi – mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan eng muhim shartga aylanmoqda.

“Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy o‘ziga xoslikni anglash tuyg‘usi birlashtirmoqda va bu tuyg‘u tobora kuchayib bormoqda. Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas!

Aminmanki, xalqaro hamjamiyatning qo‘llovi bilan Markaziy Osiyo birdamlik yo‘lidan borishda davom etadi. Markaziy Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatida bundan buyon ham ustuvor maqsad bo‘lib qoladi”, deydi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing