Mirziyoyev: “Ura-ura” qilaversak, xalqimizning ishonchini qozonolmaymiz”
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
7212Xabaringiz bor, bugun 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘li o‘tyapti. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, deputatlar oldiga jiddiy talablar qo‘ydi.
Davlat rahbari avvalo deputatlikning mas’uliyati haqida so‘z yuritdi va bu juda mashaqqatli ish ekanini ta’kidlab o‘tdi.
“Hurmatli majlis ishtirokchilari, barchamizga ayonki, deputatlik bu odamdan juda katta intellektual salohiyat, tinmisiz mehnat, izlanish va mas’uliyat talab qiladigan faoliyatdir. O‘zim ham ko‘p yillar deputat bo‘lib ishlaganman. Bu vazifalarning qanchalik og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli ish ekanini yaxshi bilaman. Ko‘zlaringni oldida saylovchilar 5 yil ketmasligi kerak. Sizlar shunday hayotga roziman deb, deputat bo‘ldingiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident so‘zida davom etib, yangi saylangan deputatlar O‘zbekiston uchun juda jiddiy davrda tanlanganini e’tirof etdi.
“Men bekorga bu gaplarni aytmayapman. O‘zlaring qanday tahlika vaqtda kelganingizni va sizlarga qanchalik ko‘p narsa bog‘liqligini sezmayapsizlar. Lekin shuni sezishingizni judayam iltimos qilaman. O‘zlaringizning ishlaringiz, o‘zlaringizning imzoingiz borligini xalqimizga, parlamentga bilidirng. Shuning uchun, deputat avvalo xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilishda fidoyilik ko‘rsatib, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Endi sizlarning yurish turishlaring, muomalalaring ham hammaga o‘rnak bo‘lishi kerak. Qishloqqa borganlaringda gapirgan gaplaring madaniyatli, qonuniy bo‘lishi lozim. Man aytmasam kim aytadi?”, dedi davlat rahbari.
Shundan so‘ng, davlat rahbari yana bir bor “ura-ura”ni yig‘ishtirib, sidqi dildan mehnat qilish kerakligini, atrofda bo‘layotgan ishlar oddiy voqealar emasligini aytib o‘tdi.
“Qanday qiyin bo‘lmasin, balandparvoz gaplar va “ura-ura” qilaversak, xalqimizning ishonchini qozonolmaymiz aziz va muhtaram deputatlar. Men ta’zim qilib aytmoqchimanki, o‘ylanglar, biz og‘ir va tahlilkali zamonda yashayapmiz. Har kunimizni to‘g‘ri xulosa qiladigan zamonda yashayapmiz. Atrofimizda bo‘layotgan voqelar kichkina masalalar emas. Qanday og‘ir bo‘lmasin O‘zbekisonni yaxshi bo‘lishi va ertangi kunga munosib bo‘lishini xohlovchilardan xohlamaganlar juda ko‘p”, deydi Mirziyoyev.
LiveBarchasi