Mirziyoyev UNESCO'ning yangi direktorini qabul qildi

Jamiyat

image
Samarqandda UNESCO konferensiyasi qanday o‘tmoqda? (fotoreportaj) north_east

Samarqandda UNESCO konferensiyasi qanday o‘tmoqda? (fotoreportaj)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 noyabr kuni BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori lavozimiga saylangan Holid al-Ananiyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari va BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Suhbat avvalida davlat rahbari Holid al-Ananiyni yuksak lavozimga saylangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘z navbatida, yangi saylangan bosh direktor O‘zbekiston Prezidentiga tashkilotning bosh tadbiri qo‘llab-quvvatlangani va yuksak saviyada tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasida keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab olgan tizimli va sermahsul hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlarning hamkorlikni yanada faollashtirish, jumladan, tashkilotning mamlakatimizdagi loyihaviy faoliyatini kengaytirish borasidagi intilishi qat’iy ekani tasdiqlandi.

UNESCO Bosh konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan strategik tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi davomida tashkilotning yangi bosh direktori etib Xolid Al-Ananiyni (Misr) saylangandi. U 174 ta byulletendan 172 tasida ovoz oldi. Yangi Bosh direktor 2017 yildan beri lavozimda bo‘lgan Odri Azule o‘rnini 15 noyabr kuni egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston UNESCO Holid al-Ananiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing