Mirziyoyev Turkmanistonda Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
28 noyabr 2021 4222 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ashxobod shahrida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.
Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa ustuvor sohalarda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yetakchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, u yerda davlat rahbari Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr