Mirziyoyev Turkiyaga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqara shahriga yetib keldi.

Mirziyoyevni Anqaradagi Esenbo‘g‘a aeroportida mamlakat rasmiylari kutib olgan. 

Bugun, 15 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Beshtepa saroyida uchrashuv o‘tkazadi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Sammit dasturi yakunida davlat rahbarlari Anqara deklaratsiyasini imzolaydilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing