Mirziyoyev Turkiyada Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
16 mart 2023
3923O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida davlat rahbari Bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.
Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar