Mirziyoyev Turkiya razvedkasi, TIV va IIV rahbarlarini qabul qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 sentyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv boshida ular Prezident Mirziyoyevga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 6-7 iyun kunlari Turkiyaga qilingan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ikki davlat vazirlari va idoralari rahbarlari o‘tkazgan qo‘shma uchrashuvda qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq, muntazam va tizimli aloqalarni davom ettirish, bunday muzokaralar formati va kun tartibini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama etildi. Xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi sheriklikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Ibrohim Qalin rahbarligidagi Turkiya Milliy razvedka tashkiloti delegatsiyasini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya Ali Erliqoya Ibrohim Qalin Hokon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made