Mirziyoyev Turkiya xalqi va Prezidentiga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 oktyabr kuni Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga tabrik yo‘lladi.

“Turkiya Respublikasi Siz, Janobi Oliylarining rahnamoligida barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishib, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallayotgani hamda katta obro‘ va e’tiborga ega qudratli mamlakatga aylanayotgani qardosh xalq sifatida bizni g‘oyatda quvontiradi.

Hech shubhasiz, mushtarak maqsadlarimiz va birodar xalqlarimizning umumiy ravnaqi yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz orqali ko‘pqirrali va uzoq muddatli munosabatlarimizni istiqbolda biz istagan va salohiyatlarimizga mos bo‘lgan yanada yuqori darajaga olib chiqishga qodirmiz”, deyiladi jumladan davlat rahbarining maktubida.

Prezident Turkiya yetakchisi va oila a’zolariga sihat-salomatlik, yangi zafarlar, do‘st turk xalqiga esa farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan.

Ma’lumot uchun, 1923 yil 29 oktyabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani respublika deb e’lon qilgan, bu voqea sharafiga milliy bayram – Respublika kuni tashkil etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing