Mirziyoyev turk xalqini saylovda Erdo‘g‘anga ovoz berishga chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev butun turk xalqini kutilayotgan Prezidenti saylovida mamlakatning amaldagi Prezidenti va “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan nomzod Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdan tashqari sammitidagi nutqida aytib o‘tdi. 

“Tashkilotimizning qator davlatlari siyosiy voqealar, xususan, muhim saylovlar arafasida turibdi. Ushbu muhim tadbirlar yuqori saviyada va muvaffaqiyatli o‘tishini chin dildan tilab qolaman.

Joriy yilda Turkiya Respublikasi tashkil topganining qutlug‘ 100 yilligi nishonlanadi”, deb gap boshladi Mirziyoyev.

U so‘nggi yigirma yilda Rajab Toyib Erdo‘g‘an rahbarligida Turkiya Jumhuriyatining xalqaro maydondagi obro‘ va nufuzi keskin yuksalgani, davlatning global iqtisodiyot va siyosatdagi o‘rni va ta’siri izchil ortib borayotganini e’tirof etdi. 

“Zamonaviy va qudratli Turkiyaning bugungi barcha yutuqlarida va erishayotgan ulkan marralarida hurmatli Prezidentning mislsiz xizmatlari borligini alohida e’tirof etamiz. Shu bois, barcha qardosh xalqlarimiz nomidan turk eliga murojaat etib, saylovlarda muhtaram Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Bizning ana shu umumiy istagimiz bugun qabul qilinayotgan Anqara deklaratsiyasida o‘zining ifodasini topishi ayni muddaodir”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishi joriy yilning 14 may sanasiga belgilangan. Unda asoosiy nomzod sifatida mamlakatning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirok etmoqda. Shuningdek, muxolif partiyalar birlashuvidagi “Millat ittifoqi” koalitsiyasi "Jumhuriyat Xalq" partiyasidan Kamol Qilichdoro‘g‘lini nomzod qilib ko‘rsatgan


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing