Mirziyoyev “Turizm to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18 iyul kuni “Turizm to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga turizm ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hamda ularni targ‘ib qiluvchi turistik axborot markazlari tashkil etiladi.

Qonunga muvofiq, turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyat hisoblanadi.

Turoperatorlar va turagentlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi. 

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar Qo‘mita tomonidan beriladigan sertifikat olganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etmasdan mustaqil ravishda xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

Qonunga muvofiq, Qo‘mita O‘zbekistonning Milliy turistik belgisini ishlab chiqadi.

Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turizim to'g'risida qonun

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing