Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
08 noyabr 2021 20367 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga mamlakatning Qarag‘anda viloyatida yuz bergan kondagi portlash yuzasidan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi konda sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 noyabr kuni Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyati, Abay shahridagi kon shaxtasining tubida metan gaz chiqishi oqibatida olti kishi halok bo‘lgandi.
Qayd etish kerakki, kecha, 7 noyabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahridagi kafelardan birida ham kuchli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida, bino to‘liq vayron bo‘lgan, jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr