Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
15 mart 2021
43998O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota yaqinidagi aviahalokat qurbonlariga ta’ziya bildirgani uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirgan.
Shuningdek, davlat rahbarlari Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan, ushbu strategik muhim mintaqaning xavfsizligi, barqarorligi va farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli, samarali hamkorlikka o‘zaro intilishlarini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, ikki davlat hukumatlari o‘zaro savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning asosiy masalalarini hal qilish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ishlarni davom ettiradi.
Prezidentlar yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan bir-birlarini tabriklagan, Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqlariga farovonlik tilagan.
LiveBarchasi