Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan o‘zbekistonliklarga javob yo‘lladi
Jamiyat
−
25 iyul 2022
13125Xabaringiz bor, kecha, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 65 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan unga ko‘plab davlat, hukumat va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari keldi. Qolaversa, minglab o‘zbekistonliklar Prezident Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yubileyi bilan tabrikladi.
Bugun, 25 iyul kuni davlat rahbari fuqarolar tomonidan bildirilgan tabriklarga javob yo‘lladi.
Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning qayd etishicha, Prezident qutlovlardan behad mamnunligini, tabrik yo‘llagan barcha fuqarolardan minnatdorligini bildirgan
“Mehnatkash va bag‘rikeng, ko‘pmillatli xalqimizga o‘zimning yuksak mehr va ehtiromimni bildirishdan behad mamnunman”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Kecha, 24 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘ng‘iroq qilib, tavallud kun munosabati bilan tabrik va tilaklarini bildirdilar.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxaagiyn Xurelsux, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi Raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvilidan qutlovlar kelgan.