Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Mirziyoyev Trampga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Taziya maktubi AQSHning markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan halokatli tornadolar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan yo‘llangan

“Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi”, deb yozdi Asadov. 

Ma’lumot uchun, 15 mart kuni Bo‘ronlarni prognoz qilish markazi Alabama va Missisipida maksimal xavf darajasini e’lon qilgan. Shamol tezligi 130 km/soatga yetgan. AQSH hududida bir sutkada 27 ta tornado qayd etilgan. Bo‘ron 100 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududga ta’sir ko‘rsatgan.

AQSHning janubiy shtatlarida 236 mingta uy elektr ta’minotisiz qolgan. Kanzasda ham dovul tufayli chang bo‘roni sodir bo‘lgan. Qolaversa, 50 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Missuri shtatida savdo markazi vayron bo‘lgan. Ob-havo hodisalari 138 million kishining hayotiga tahdid solmoqda. Hozirda qurbonlar soni 39 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Donal'd Tramp tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing