AQSHga kuchli tornado kirib kelishi ortidan 32 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
16 mart 4760 1 daqiqa
AQSHga yopirilgan kuchli dovul oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 32 kishiga yetdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, Missuri shtatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida uyini tornado vayron qilgan erkak ham bor. Missisipi shtatida esa olti kishi halok bo‘lgani va uch kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum. Yana kamida 29 kishi yaralangan. Kanzasda sakkiz kishi, Arkanzas va Texasda uch nafardan, Oklaxomada bir kishi halok bo‘lgan.
Kecha, 15 mart kuni Bo‘ronlarni prognoz qilish markazi Alabama va Missisipida maksimal xavf darajasini e’lon qilgan. Shamol tezligi 130 km/soatga yetgan. AQSH hududida bir sutkada 27 ta tornado qayd etilgan. Bo‘ron 100 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududga ta’sir ko‘rsatgan.
AQSHning janubiy shtatlarida 236 mingta uy elektr ta’minotisiz qolgan. Kanzasda ham dovul tufayli chang bo‘roni sodir bo‘lgan. Qolaversa, 50 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Missuri shtatida savdo markazi vayron bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ob-havo hodisalari 138 million kishining hayotiga tahdid solmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shtati gubernatori Keti Xokul Long-Aylendda bir nechta kuchli yong‘in o‘choqlari aniqlangani sababli hududda favqulodda holat rejimi joriy etilganini e’lon qilgandi. Ushbu yong‘inlarga kuchli shamol va ob-havo hodisalari sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi