Mirziyoyev Trampga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahridagi Ronald Reygan nomidagi aeroport hududida yuz bergan fojiali aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

"Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi", deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, kecha, 29 yanvar kuni kechasi AQSH poytaxti Vashington shahrida American Airlines aviakompaniyasining Bombardier CRJ700 yo‘lovchi samolyoti Ronald Reygan aeroportida qo‘nish vaqtida Sikorsky H-60 (Black Hawk) harbiy vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushgan. Samolyot bortida 60 yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi, vertolyotda uch harbiy xizmatchi bo‘lgan. Ikkala tomon ham Potomak daryosiga tushib ketgandi. Voqea joyida ishlayotgan politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, 18 nafar halok bo‘lganlarning jasadi suvdan chiqarib olingan.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 2024 yil 6 noyabr kuni Donald Trampga prezident saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida hamda ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan 21 yanvarda yo‘llagan tabrigida uni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Donal'd Tramp samolyot Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing