Mirziyoyev Tojikistonga safarini yakunlab Toshkentga qaytdi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2021
3142Hozirgina O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, davlat rahbari kecha, 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga uchib ketgandi.
Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari sermahsul o‘tdi. U SHHT sammitida ishtirok etishdan avval, bir qator davlatlar rahbarlari, jumladan, Pokiston Bosh vaziri, Tojikiston va Eron Prezidentlari bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalarning dolzarb mavzularini muhokama qildi.
Bundan tashqari, Mirziyoyev bugun, 17 sentyabr kuni SHHT sammitida ishtirok etib, muhim masalalarni o‘rtaga tashladi. Xususan, Afg‘onistonning xorijiy davlatlar banklarida saqlanayotgan zaxiralarini blokdan chiqarishga chaqirdi.
LiveBarchasi