Mirziyoyev toshqindan jabr ko‘rgan Braziliya Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Braziliyada shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talofatlar ko‘rilgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Jair Messias Bolsonaruga hamdardlik yo‘lladi.

Qayd etish kerakki, Braziliyaning Pernambuku shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab boshlangan toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi.

Yomg‘ir va toshqindan zarar ko‘rganlarga yordam berish, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari uchun 100 mln real ajratildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 50 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.

Pernambuko shtati hukumatiga ko‘ra, kamida 765 kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya toshqin

Baholaganlar

51

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing