Mirziyoyev ta’tilga chiqqanidan 48 soat o‘tib, nega ishga qaytgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar sabab ta’tilni erta yakunlagan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” teleko‘rsatuviga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Qozog‘istondagi voqealar boshlanishi bilan Prezidentimiz birinchi kunlarda uchta davlat rahbari bilan telefonda gaplashib, qo‘shni davlatdagi vaziyatning o‘zbekistonga ta’siri va mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar. Xalqimiz tinchligi va xavfsizligi Prezident uchun birinchi o‘rinda turadi va u kishi doim xalqimiz bilan birga. Davlat rahbari ta’tildan erta qaytishlarining sababi Qozog‘istondagi tinchlik tarafdori ekanlaridir”, degan Asadov.

Asadov Mirziyoyevning ta’tildan erta qaytishiga izoh berarkan davlat rahbari faoliyati davomida Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini alohida urg‘uladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev joriy yilning 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi. Biroq davlat rahbari 7 yanvar kuni ta’tildan qaytgandi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning ta’tili haqida so‘nggi ikki yildan beri rasman ma’lumot berib borilmoqda. Davlat rahbari 2019 yil avgust oyida, o‘tgan yili yanvar oyida ta’tilga chiqqandi. Prezidentning ta’tili odatda bir hafta davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

1326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing