Mirziyoyev Si Szinpinni Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinni Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mukofotni topshirar ekan, Xitoy Raisi ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari, ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini qayd etdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar va Xitoy yetakchisining alohida e’tibori tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqani, mukammal va jadal tus kasb etgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid keng ko‘lamli dastur va loyihalar faol amalga oshirilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Si Szinpinning O‘zbekiston Respublikasining oliy mukofoti bilan taqdirlanishi unga xalqaro miqyosdagi davlat va siyosat arbobi sifatida chuqur hurmat-ehtirom ifodasidir.

Xitoy Raisi “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing