Mirziyoyev Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi davlat rahbarining maktubida.

Prezident Si Szinpinga hamda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Avvalroq Xitoyning sobiq raisi Szyan Szemin 96 yoshida oq qon va ba’zi a’zolarning yetishmovchiligi sababli vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing