Mirziyoyev Si Szinpinga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

Xitoy janubi-g‘arbidagi Shigatsze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

"Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi", deyiladi xabarda.

Bugun, 7 yanvar kuni ertalab soat 9:05 da Xitoyning Tibet okrugida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Zilziladan keyin seysmologlar 49 ta yer silkinishini qayd etgan. CCTV davlat telekanaliga ko‘ra, Dingri okrugi va uning atrofidagi hududlarda juda kuchli silkinishlar sodir bo‘lgan, epitsentr yaqinidagi ko‘plab binolar qulab tushgan. Yerosti silkinishlari Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda sezilib, aholi uylarini tashlab qochgan.

Silkinish Hindiston shimolidagi Bixar shtatida ham sezilgan, biroq rasmiylar vayronagarchilik alomatlari haqida xabar bermagan.

Xitoy Zilzila tarmoqlari markazi (CENC) ma’lumotlariga ko‘ra, tog‘li Himoloy mintaqasida zilzilalar tez-tez uchrab turadi, biroq bu galgi zilzila so‘nggi besh yil ichida 200 kilometr radiusda qayd etilgan eng kuchli zilzila bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy vaqt bilan 20:05 holatiga ko‘ra, Dingri okrugidagi zilzila 95 kishining o‘limiga olib kelgani, 130 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy Si Tszin'pin zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing