Mirziyoyev Si Szinpin bilan daraxt ekdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin sermahsul muzokaralardan so‘ng Samarqanddagi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar.

Bu ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga mushtarak intilishlarning navbatdagi ramzi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Muzokara yakuniga ko‘ra, umumiy qiymati 15 milliard dollarlik ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikka doir kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida investitsiyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, qurilish va boshqa sohalar bo‘yicha 15 ta hujjat imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing