Mirziyoyev SHHT doirasida alyans tuzishni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida maxsus alyans tuzish tarafdori. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 sentyabr kuni SHHTga a’zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti SHHTni 2040 yilgacha Rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishish mumkinligini, ushbu dasturulamal hujjat ko‘p qirrali hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab olishini, SHHTni uzoq muddatli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi lozimligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev, avvalo, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikning amaliy ta’sirchanligini oshirish g‘oyat muhim ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston SHHT mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini o‘zaro to‘ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan SHHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy makonini shakllantirish taklif etildi.

Mamlakatlar o‘rtasida keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash va amaliy hamjihatlikning aniq natijalariga erishish maqsadida O‘zbekistonda SHHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini o‘tkazish taklifi ilgari surildi.

O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida SHHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori ekani urg‘ulandi.

Har yili SHHT yirik savdo yarmarkasini o‘tkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratish taklif etildi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing