Mirziyoyev SHHT Bosh kotibini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu nufuzli tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan umumiy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda amaliy sa’y-harakatlarni kengaytirish, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari asosida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhim ekani ta’kidlangan.

Samarqand sammitida boshlangan SHHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan, tashkilotning barcha tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Yangi iqtisodiy muloqot”ni rivojlantirish konsepsiyasi va mamlakatimizning boshqa qator tashabbuslarini amalga oshirish zarurligi qayd etilgan. 

“Bular savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim, elektron tijorat dasturi, investitsiyalarni rag‘batlantirish kompleksi, logistikada raqamlashtirish rejasi, "SHHT kelajak texnologiyalari" dasturi, Oziq-ovqat xavfsizligi atlasi va boshqalarni qabul qilishdir”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lajak SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing