Mirziyoyev Samarqandga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 aprel kuni Samarqand shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun davlat rahbari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha, 22 aprel kuni Samarqandga kelgan edi. Uni aeroportda o‘zbekistonlik mavqedoshi Baxtiyor Saidov kutib oldi.

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilishicha, bugan, 23 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralar do‘stona va konstruktiv ruhda boshlangan. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, xususan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing