Mirziyoyev Samarqand aeroportida yangi terminal qurishga ko‘rsatma berdi
Jamiyat
−
26 iyul 2019
4627O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yetib borgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi. Xususan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.
Davlat rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.