Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
23 Oktabr
6688O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Qozon shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari BRICS sammiti tadbirlarida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan "BRICS plyus" formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi. Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.
Ma’lumot uchun, BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.
22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida Rossiya Federatsiyasining assotsiatsiyaga raisligining muhim voqeasi bo‘lgan BRICS’ga a’zo davlatlar rahbarlarining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Qozonga borgan xorijiy yetakchilar orasida, xususan, Xitoy rahbari Si Szinpin, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa bor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham BRICS davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Qozonga yetib borgandi.
LiveBarchasi