Mirziyoyev Rossiyada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlikning jasadini olib kelishni buyurdi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 11 yanvar kuni Rossiyaning Penza viloyatida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, unda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yetkazilgan. Prezident topshirig‘iga binoan Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, marhum fuqarolarni olib kelish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. 

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismidan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 11 yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 02:20 larda Rossiya Federatsiyasi, Penza viloyati, Nijnelomov rayoni M-5 avtomobil yo‘lining 503 kilometrida harakatlangan “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili va “Volvo” rusumli yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili ichida bo‘lgan jami 9 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

“Rossiya Federatsiyasi mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda”, deyiladi FVV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing