Mirziyoyev Rossiya Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida Rossiya Mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya Prezidentining 2024 yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat Mudofaa vazirligi hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat o‘rtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturi imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing