Mirziyoyev Rossiya xavfsizlik xizmati rahbarini qabul qildi
Jamiyat
−
01 dekabr 2021
7669O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 dekabr kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov O‘zbekiston rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Joriy yil 19 noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholangan.
Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov ham ishtirok etgan.
LiveBarchasi