Mirziyoyev Rimga uchib ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazadi. U bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilish kun tartibiga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Italiya Serjo Mattarella

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing