Mirziyoyev raqobatchilari haqida: “Ularning ham niyati – O‘zbekistonni rivojlantirish”
Jamiyat
−
26 Oktabr 2021
5914O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etib, mag‘lub bo‘lgan nomzodlarning dasturlaridagi xalqqa ma’qul takliflar inobatga olinadi. Bu haqda saylovda g‘alaba qozongan O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
O‘zLiDepning saylovdag ishtirokiga bag‘ishlangan tadbirda amaldagi davlat rahbari ham ishtirok etib, Prezident saylovida boshqa siyosiy partiyalardan ilgari surilgan nomzodlarga minnatdorlik bildirdi.
“Ularning ham niyati – O‘zbekistonni rivojlantirish. Shuning uchun ularning dasturidagi xalqimizga ma’qul takliflarni albatta inobatga olamiz. Biz kecha raqobat qilgan bo‘lsak, endi bir musht bo‘lib, harakat qilishimiz kerak. Men xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, orzu-umidlarini ushaltirish, farovon hayotini ta’minlash uchun bor kuch-g‘ayratim va salohiyatimni sarflashga va’da beraman. Yangi O‘zbekistonni hammamiz birgalikda quramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq, “Milliy tiklanish” partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabriklagani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, saylovda ikkinchi o‘rinni egallagan Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisava u va partiyasi O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasini to‘la-to‘kis tan olishini e’lon qildi.
LiveBarchasi